Huquqiy

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 28-oktabr 2025

MazmunEDU MCHJ

1. Kirish

Ushbu “Foydalanish shartlari” (“Shartlar”) MazmunEDU MCHJ (“Biz”)ning Sayti va xizmatlaridan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Saytdan foydalanish orqali siz Shartlarni qabul qilgan bo‘lasiz. Rozilik bo‘lmasa, Saytdan foydalanmang.

2. Ta’riflar

  • Sayt — mazmunedu.uz va subdomenlar.
  • Xizmatlar — konsalting, trening/webinarlar, raqamli materiallar.
  • Foydalanuvchi — Saytdan foydalanuvchi jismoniy/yuridik shaxs.
  • Kontent — matn, grafik, video, slaydlar va boshqalar.

3. Shartlarni qabul qilish

Shartlar vaqti-vaqti bilan yangilanadi. Yangilangan sana sahifa yuqorisida ko‘rsatiladi. Saytdan foydalanishda davom etish — yangilangan shartlarni qabul qilish demak.

4. Xizmatlar tavsifi

  • Konsalting paketlari (onlayn/oflayn).
  • Trening va webinarlar, metodik materiallar.
  • Buyurtmaga ko‘ra tayyorlanadigan deliverable’lar.

Xizmat tarkibi va narxi alohida taklif/kelishuvlarda yoki Saytda e’lon qilinadi.

5. Hisob va xavfsizlik

  • Login/parol maxfiyligi foydalanuvchining zimmasida.
  • Hisobdan qilingan harakatlar uchun foydalanuvchi javobgar.
  • Shubhali faollik bo‘lsa, info@mazmunedu.uz ga xabar bering.

6. To‘lov va qaytarish

  • To‘lovlar invois, Click/Payme yoki shartnoma asosida.
  • Oflayn trening: tadbirdan 72 soat oldin bekor — 70% qaytariladi; 24 soat ichida — qaytarilmaydi.
  • Onlayn kurs: boshlanmagan bo‘lsa 24 soat ichida 100% qaytariladi.

Maxsus loyiha/deliverable’lar bo‘yicha qaytarish shartlari alohida shartnomada belgilanadi.

7. Intellektual mulk

  • Saytdagi materiallar MazmunEDU MCHJga tegishli.
  • Ruxsatsiz ko‘paytirish, tarqatish, sotish taqiqlanadi.
  • Mijoz uchun tayyorlangan maxsus ishlarga doir huquqlar shartnomada belgilanadi.

8. Foydalanuvchi majburiyatlari

  • Noqonuniy kontent joylashtirmaslik, spam qilmaslik.
  • Xizmatni buzish yoki cheklovni aylanib o‘tishga urinish taqiqlanadi.
  • Uchinchi shaxs huquqlarini buzmaslik.

9. Maxfiylik va cookie

Shaxsiy ma’lumotlarimiz Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi. Cookie’lardan foydalanamiz — batafsil siyosatda.

10. Kafolatlardan voz kechish

Xizmatlar “qanday bo‘lsa — shunday” tamoyili asosida taqdim etiladi. Saytdagi materiallar ta’limiy maqsadlarda bo‘lib, huquqiy/meditsina/moliya maslahati emas.

11. Mas’uliyat cheklovi

Bevosita/bilvosita zararlar, yo‘qotilgan foyda uchun javobgarlik cheklangan. Umumiy javobgarlik foydalanuvchi tomonidan to‘langan summadan oshmaydi.

12. Force majeure

Tabiiy ofat, urush, davlat cheklovlari, aloqa uzilishlari kabi nazoratimizdan tashqaridagi holatlarda majburiyatlar vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

13. O‘zgarishlar

Shartlarni yangilash huquqi saqlanadi. Yangilangan sana sahifa yuqorisida ko‘rsatiladi.

14. Qonunchilik va nizolar

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo‘llaniladi. Nizolar — dastlab muzokara, so‘ng Toshkent shahri sudlarida.

15. Aloqa

MazmunEDU MCHJ
Toshkent shahar, Chilonzor 11-daha, 35
E-mail: info@mazmunedu.uz